Главная » 2015 » Июль » 31

Asilbek Negmatov endi kuylamasligini ma’lum qildi


  • News
  • 31 Июл 2015(14:13)
  • 1637
  • 0
Xonanda o‘z qarorini quyidagicha izohlagan: “Bu piar emas, shunchaki tinchlik va normal hayot tarzini istayapman. Uy muhitiga moslashgan odamman, bedor tunlaru tinimsiz safarlar bilan betartib turmush tarzi ketyapti. Oddiy ish, uy va tinchlikni xohlayman. Boshqa sohada ishlayman, 2 ta nonga odamni qorni to‘yadi, dabdabaga intilmaganman. Tinchlik-xotirjamlikning o‘zi katta baxt”.

Asilbek san’at sohasidan charchaganini ham qo‘shimcha qildi.

“Bu soha meniki emas ekan, bu qarorga allaqachon kelishim kerak edi. Ha, balki havas va xobbidir, ammo men charchadim…. Estradaga chiroyli kirdim va chiroyli ketishni istayman”, — deb xonanda so‘zini yakunladi.

Saytning qayd etishicha, Asilbek Negmatov o‘zining ajabtovur raqsga tushishi bilan o‘zbek estradasida tanilgan edi. U Asilbek Amanulloh taxallusi bilan ijod qilayotgan edi.
Всего комментариев: 0
avatar