Главная » 2015 » Декабрь » 19

Asli o‘zbekistonlik zargar haqida dunyoga mashhur reperlar qo‘shiq kuyladi


  • News
  • 19 Дек 2015(23:53)
  • 896
  • 0
Jacob & Co. zargarlik brendi asoschisi Jeykob Arabo 1965-yilda Toshkentda tug‘ilgan.

U 14 yoshligida Yakov Arabov oilasi O‘zbekistonni tark etib, AQShga ko‘chib boradi. Jeykob u yerda zargarlik maktabida o‘qiydi, so‘ng zargarlik fabrikasiga ishga kiradi.

O‘zining Jacob & Co. markasini Arabo 1986-yilda yaratadi. O‘sha yili Nyu-Yorkning qoq markazi, Manxettenda birinchi do‘koni ochiladi. Uning o‘ziga xos zargarlik buyumlari va qo‘l soatlari xip-xop ijrochilar orasida juda mashhur bo‘lib ketdi.

Amerikada Jeykobni “yulduzlar zargari” va “rep va xip-xop ijrochilarining saroy ustasi” deb atay boshlashdi.

“Musiqachilar shunday kishilarki, siz ularga yoqsangiz, ular siz haqingizda o‘z tanishlariga gapirib berishni, siz haqingizda qo‘shiqlar kuylashni boshlaydi. Bugungi kunda men 50 dan ortiq qo‘shiqning personajiga aylanganman”, — degan edi zargarning o‘zi.

Qo‘shiqlarda u ko‘pincha Jacob yoki the Jeweler sifatida tilga olinadi.

Xususan, Beyonse, Kani Uest, Jey Zi, 50 Cent, Eminem, Kelisning qo‘shiqlarida Jeykob eslab o‘tilgan.

Nafaqat reperlar, balki Elton Jon, Jennifer Lopes, Naomi Kempbell, Maykl Jordan, Enrike Iglesias, Pamela Anderson, Karl Lagerfeld, Kira Naytli va boshqa taniqli kishilar ham asli o‘zbekistonlik zargarning mijozlaridir.

Теги: Asli o‘zbekistonlik zargar haqida d

Всего комментариев: 0
avatar