Главная » 2016 » Февраль » 27

Avariya yuz bergan Vorkutadagi konda yangi portlashlar sodir bo‘ldi


  • voydodaxek
  • 27 Фев 2016(18:01)
  • 453
  • 0

25-fevral kuni avariya yuz bergan Rossiyaning Vorkuta shahridagi “Shimoliy” konida portlashlar davom etmoqda. Bu haqda avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha komissiyaga boshchilik qilayotgan bosh vazir o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovichning bayonotiga tayanib, Meduza xabar beradi.

“Hozirgi paytda qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ular qiyin sharoitlarda, aytish mumkinki, favqulodda vaziyatlarda amalga oshirilmoqda. Konda portlashlar davom etmoqda. Ba’zi hududlarga borishning deyarli imkoni yo‘q”, — dedi Dvorkovich.

Qutqaruvchilar 26 nafar konchi bilan hamon aloqa o‘rnata olmadi. Ular bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, avariya yuz bergan paytda yer ostida 111 nafar konchi bo‘lgan. To‘rt kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz nafari jabrlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu avariya oqibatida ikki nafar konchining halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar