Главная » 2015 » Сентябрь » 9

Avgust oyida Toshkentdagi uylar narxi 1 foizga pasaydi


  • News
  • 09 Сен 2015(09:18)
  • 521
  • 0
Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi avgust oyi yakunlariga ko‘ra 1 kvadrat metr uchun 730 shartli birlikni tashkil etdi.

Iyul bilan taqqoslaganda (734 sh. b.) kvartira narxlari 1 foizga pasaydi. Panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 697 sh. b., g‘isht uylardagi — 772 sh. b. ni tashkil qildi.

Avgust oyida Toshkentdagi 11 tumandan 6 tasida kvartira narxlari pasaygan, 4 tasida oshgan, 1 ta tumanda esa narxlar o‘zgarishsiz qolgan.

Mirzo Ulug‘bek (724 sh. b.), Yashnobod (656) va Chilonzor (741) tumanlarida narxlar 3 foizga, Sergeli (577) tumanida 2 foizga, Uchtepa (701) va Yakkasaroy (792) tumanlarida 1 foizga tushgan.

Shayxontohur tumanida (851) narxlar 1 foizga, Mirobod (790), Olmazor (719) va Yunusobod (763) tumanlarida 2 foizga oshgan. Bektemir tumanidagi (507) narxlar o‘tgan oyga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qolgan.

Теги: Avgust oyida Toshkentdagi uylar nar

Всего комментариев: 0
avatar