Главная » 2015 » Сентябрь » 3

Avstraliyalik uysiz qo‘y yung berish bo‘yicha rekord o‘rnatdi


  • News
  • 03 Сен 2015(15:22)
  • 401
  • 0
Kris laqabli ulkan qo‘y Kanberra shahri chekkasidagi qishloq hududidan topilib, hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha mahalliy tashkilotga joylashtirildi. Qo‘yning yungi shunchalik o‘sib ketgan ediki, u zo‘rg‘a harakatlanardi. Yonlarida osilib yotgan 47 santimetr qalinlikdagi yung uning hayotiga xavf tug‘dirgan.

O‘zining vaznidan ham og‘irroq bo‘lgan yungni qirqish uchun qo‘yga og‘riqsizlantiruvchi dori yuborishga to‘g‘ri keldi. Ortiqcha yungni olib tashlash bo‘yicha operatsiya 45 daqiqa atrofida davom etdi. Natijada 40,4 kilogramm yung to‘plandi. Bu esa norasmiy rekord hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar