Главная » 2015 » Ноябрь » 22

“Barselona” darvozaboni “Real”ga qarshi o‘yinda Ronaldu, Beyl va Benzemadan ko‘ra ko‘proq to‘p uzatdi


  • News
  • 22 Ноя 2015(18:01)
  • 458
  • 0
Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida 21-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tgan “Real” va “Barselona” o‘yinida mehmonlar darvozaboni Klaudio Bravo o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi.

Bravo o‘yin davomida raqib futbolchilari — Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzemadan ko‘ra ko‘proq pas berdi.

Chililik darvozabon bahs davomida jami 54 marta jamoadoshlariga to‘p uzatgan. “Real” futbolchilarining ko‘rsatkichlari esa quyidagicha: Ronalduda 44 ta, Beylda 41 ta, Benzema esa 26 ta pas.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 4:0 hisobida “Barselona” g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Mehmonlarga g‘alaba keltirgan gollar Luis Suares (11, 74-daqiqalar), Neymar (39) va Andres Inyesta (53) hisobiga yozildi.

Теги: “Barselona” darvozaboni “Real”ga qa, Beyl va Benzemadan ko‘ra ko‘proq to

Всего комментариев: 0
avatar