Главная » 2016 » Август » 18

“Barselona” har ikki o‘yinda “Sevilya”ni mag‘lubiyatga uchratib, Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(11:50)
  • 197
  • 0
Futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogining javob o‘yinida “Barselona” jamoasi o‘z maydonida “Sevilya” futbolchilarini qabul qilib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 10 va 46-daqiqalarida Arda Turan, 55-daqiqada Lionel Messi tomonidan kiritilgan gollar “Barselona”ning yirik g‘alabasini ta’minladi. Dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongan kataloniyaliklar umumiy 5:0 hisobida muvaffaqiyatga erishib, Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi. Ispaniya Superkubogi Javob o‘yini 18-avgust, payshanba “Barselona” – “Sevilya” 3:0 Gollar: Turan, 10, 46, Messi, 55 “Barselona”: Bravo – Din (Alba, 61), Maskerano, Umtiti, Vidal – D. Suares (Rakitich, 73), Buskets (Samper, 74), Gomesh – Turan, El-Xaddadi, Messi. “Sevilya”: Riko – Diyego Gonsales, Merkado, Mariano – Konoplyanka, Iborra, Kranevitter, Korrea (Vetto, 73), Sarabiya – Ganso (Vaskes, 57), Ben Yedder (Vitolo, 63). Ogohlantirishlar: Umtiti – Vitolo, Sarabiya

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar