Главная » 2015 » Ноябрь » 24

“Barselona” “Real”ga qarshi ketma-ket 20 ta o‘yinda gol kiritib, yangi rekord o‘rnatdi


  • News
  • 24 Ноя 2015(08:54)
  • 495
  • 0

Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Real” hamda “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Kataloniya klubi ketma-ket 20 ta “El-Klasiko”da gol urib yangi rekord o‘rnatdi.

Avvalgi rekord ham kataloniyaliklarga tegishli, ular 1981—1987-yillar oralig‘ida bo‘lib o‘tgan “El-Klasiko”larda ketma-ket 19 o‘yinda gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Oxirgi marta “Barselona” “Real”ga 2011-yilgi Ispaniya kubogi finalida (0:1) gol ura olmagan edi.

Всего комментариев: 0
avatar