Главная » 2015 » Декабрь » 26

Biometrik pasportlarni olishga ulgurmagan fuqarolar jarimaga tortilmasligi rasman tasdiqlandi


  • News
  • 26 Дек 2015(15:06)
  • 436
  • 0
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi yil oxiriga qadar biometrik pasportlarni olishga ulgurmagan fuqarolar jarimaga tortilmasligini rasman tasdiqladi.

“Biometrik bo‘lmagan pasportning muddati o‘tib ketmagan bo‘lsa, 2015-yil 31- dekabrdan so‘ng eski namunadagi pasportni yangi pasportga almashtirish chog‘ida jarima qo‘llanmaydi”, — deya ma’lum qilgan boshqarma boshlig‘i Badriddin Shorixsiyev.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston fuqarolarining eski namunadagi pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirish muddati 2018-yil 1-iyulgacha uzaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Всего комментариев: 0
avatar