Главная » 2015 » Июль » 8

Biz bilgan va bilmagan Jasur Gaipov


  • bekzod
  • 08 Июл 2015(22:18)
  • 839
  • 0
[c]Biz bilgan va bilmagan Jasur Gaipov

Assalomu alaykum, Azizlar!!! Avvalo hammamizni RAMAZON oyi bilan chin dildan muborakbod etaman. O’ylagan niyatlarimiz amalga oshsin!!!

1988 yil 25 fevral, Toshkent. Shahar tug’ruqxonalaridan birida yana bir chaqaloq nidosi yangraydi. Unga Jasur ismi beriladi… Turayev Jasurxon Mansurxonovich.

Yoshlik davri.

Jasurning yoshlik davri juda qiziqarli va qizg’in o’tgan. Uning tog’asi – Davron Gaipov ("Original” guruhi asoschisi va honandasi) o’sha davrning eng ommabop ijodkori bo’lgani tufayli, ularning honadonlarida juda ko’plab estrada yulduzlari mehmon bo’lishardi ("Bolalar” guruhi, Ruslan Sharipov, Sevara Nazarhon va boshqalar). Jasurning yoshlik davri ularning ishtirokida o’tgani yoki tog’asining qo’shiqlari honadonlarida doimiy yangragani tufaylimi, uning musiqaga bo’lgan qiziqishi juda kuchli bo’lgan. U 3 yoshidan boshlab honasida turgan pianinoda har hil musiqalarni o’zi bilganicha chalishni boshlagan. 5 yoshiga kelib pianinoda ko’plab asarlarni mohirona ijro qilar edi. Hatto uylariga kelgan mehmonlarga yoki mahallasidagi tengdoshlari va qo’shnilariga minikonsertlar uyushtirar, pianino chalib qo’shiqlarni ijro qilar edi. Ruslan Sharipov o’sha vaqtda Jasurning Ota-Onasidan ruxsat olishga ham harakat qilib ko’rgan:

- Iltimos, shu o’g’lingizni meni qaramog’imga beringlar. Kelajakda undan katta yulduz chiqadi.

Lekin Jasurning Ota-Onasining rejalari o’zgacha edi. Ular Jasurni kelajakda huquqshunos bo’lishini niyat qilishgan edi. Shu bois Jasur voyaga yetgan chog’ida musiqa bilan shug’ullanishiga qat’iy qarshilik bildirishib, uni Toshkent yuridik institutiga o’qishga kirishiga tayyorlanishi uchun repetitorga qatnashini ta’minlashdi. Jasur u vaqtda juda ko’p kitoblarni mutoala qilardi va ta’lim muassasiga kirish uchun bilimni tirishqoqlik bilan oldi. 2005 yil u Davlat testlarini topshirib, Yuridik instituti talabasiga aylanadi. Talabalik yillarda u institutdagi ma’naviy-madaniy tatbirlarda aktiv ishtirok etdi va hatto bugungi kunda ham aktual - Toshkent Davlat yuridik institutining Gimnini yaratdi. 2009 yil Jasur institutni Huquqshunos mutahassisligi bo’yicha yakunlab, o’z yo’nalishi bo’yicha ishlay boshladi. U bilan suhbatda bo’lganlar yoshiga nisbatan juda chuqur fikrlash qobiliyati borligini payqashar edi. Lekin shunga qaramasdan, Jasurning qalbida musiqa edi. Musiqa, san’at Jasurning armoniga aylangan manbalar bo’lib qoladimi? Bu haqda hali hech kim bilmasdi… Hatto Jasurning o’zi ham.

2013 yilga qadar Jasur ko’p yo’nalishlar bo’yicha (san’atdan tashqari) o’zini sinab ko’rdi va katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Lekin qalbidagi musiqaga bo’lgan ishtiyoqi unga tinchlik bermasdi. O’sha vaqtga kelib, Jasur "oyoqqa” turib olgan va mustaqil ravishda masalalarni hal qila boshlagan edi. 2013 yilning ortyabr oyida u "Ayrilaman” va "Kel” deb nomlangan qo’shiqlarni kuyladi va yaqinlariga eshittirdi. "Agar bu qo’shiqlarim ko’pchilikka manzur kelsa, demak men jiddiy ravishda ijod qilishga tayyorman” - degan reja qilib qo’ydi. Bu qo’shiqlarni tinglab ko’rgan aksariyat yagona fikrni ta’kidlashar edi – "Faqat olg’a!!!”. Jasurga bu fikrlar dalda bo’ldi va u 2014 yildan ijod qilishni rejalashtira boshladi.

2014 yil, yanvar.

Jasur ijodiy rejani tuzib, uning nazarida o’z ishining mutahassislarini hamkorlikka chorladi: prodyuser, administrator, kompozitor, aranjirovkachi, matn mualliflari va hokazo. Shu tariqa ijodiy guruh tashkil topdi va ular birgalikda juda keskin ritmda qo’shiqlar yarata boshlashdi.

2014 yilning aprel oyiga kelib Jasur omma e’tiboriga "Bu yomg’rmas” deb nomlangan qo’shiq va videoklipni taqdim etdi. Buning natijasida uning ilk muhlislari paydo bo’ldi. Jasur umri mobaynida hamma ishlarni juda tez amalga oshirishga o’rganib qolgani tufayli, qolaversa, bolalik orzusiga aylangan - ijod saltanatida har bir qadami keskin va ishonchli bo’lishi uchun, u noodatiy tarzda qo’shiq va videokliplarni taqdim eta boshladi. Ya’ni, deyarli har 10 kunda Jasur yangi qo’shiqlarni omma e’tiboriga havola qildi. Kimlargadir bu temp manzur keladi, kimlarga esa buning aksi. Qisqa vaqt ichida Jasur haqida turli fikrlar paydo bo’ldi. Ba’zilar uchun uning qo’shiqlari tez yaratilishiga qaramay sifatli va yahshi tuyulsa, ba’zilar u haqda salbiy fikrlarni internet sahifalarda bildira boshladi. Jasur esa doimo yangilik, yangilanish, originallik, hech kimga o’xshamaslik tarafdori edi.

Avtor kuzatmalari.

Bir e’tibor bering. Estradamizda nimani guvohi bo’lmoqdamiz. Deyarli aksariyat yulduzlarimiz va honandalarimiz qandaydir bir standart ravishda faoliyat yuritayatganini kuzatishimiz mumkin. Qo’shiqlar yo’nalishi deyarli 6/8 ritmda, go’yo faqat to’ylarga mo’ljallanganday. Sababi honandalarimiz uchun bugungi kunda asosiy manba’ – to’y va boshqa hususiy marosimlar bo’lib qolgan. Qo’shiq va videokliplar taqdim etilish davri har 3-4 oyga to’g’ri kelmoqda. Ya’ni, bir qo’shiq va videoklip 3-4 oy davomida ommaviy ahborot vositalarida (radio va TV kanallarda) "aylantirilmoqda”. Muhlislar ham huddi shu ritmga ko’nikkandek, balki. Huddi shu tufayli bo’lsa kerak, Jasur Gaipovning ishlash "tezligi” ko’pchilik tomondan avvaliga salbiy kutib olindi. Hatto, yana bitta 3-4 oylik honanda paydo bo’ldi degan fikrlar ham paydo bo’ldi. Lekin Jasur bugungi kungacha ijoddan to’htagani yo’q va muhlislar soni ko’payganini payqash qiyin emas.Umumiy standartlardan o’zgacha yo’l tutgan inson har doim har yerda muhokamalarga sabab bo’lgani tufayli, Jasur haqida ham har hil bo’lmagan, haqiqatdan juda yiroq gap-so’zlar bolaladi. Shunga qaramasdan Jasur o’z rejasi bo’yicha bugun ham ijodini davom ettirmoqda.

2015 yil, iyul.

Bugungi kunga kelib Jasur Gaipovning ijodiga e’tibor qaratsak, 1 yilu 4 oyichida qilingan ishlarga yahshi munosabat bildirmaslikka asos yo’q!!! (balki)

2014 yil sentyabr oyida "Bu yomg’irmas” audio albomi muhlislar e’tiboriga taqdim etildi. Ushbu albom 16 ta qo’shiqni o’z ichiga mujassam qilgan.

2015 yil iyun oyida esa "Yana bir bor” audio va video albomi taqdim etildi. Bu albomga 17 ta qo’shiq va 10 ta videoklip kiritilgan. Ya’ni, boshqacha qilib aytganda 1.5 yil ichida Jasur Gaipov 2ta albomini ommaga taqdim eta oldi. Bu ham o’ziga yarasha yutuq hisoblanadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

2014 yil Istiqlol san’at saroyida bo’lib o’tgan "POPCORN-2014” taqdimot marosimida, yilning eng yahshi 20 ta videokliplari orasida Jasur Gaipovning "Ming afsus” klipi "Yilning eng yahshi videoklipi” nominasiyasida mukofot bilan taqdirlandi. Bundan tashqari Jasur ko’pgina ijtimoiy TV loyihalarda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Ijoddan tashqarida esa Jasur bir qancha hayriya ishlarini ham amalga oshirdi. Ularning soni, ishoning, chiqargan qo’shiqlari sonidan ancha yuqori. Men hozir hayriya ishlari haqida to’htab o’tmoqchi emasman, garchi bu ishlar faqat honandaning o’zi va yaqinlari ishtirokida bo’lib o’tgan bo’lsa ham. Qolaversa, bunday narsalar hech qachon "reklama” qilinmaydi va honandaning o’zi ham bunga mutloq qarshi. Bu narsani yozishimdan maqsad shuki, ba’zi bir insonlar turli izohlarda Jasurga nisbatan: "… shuncha qo’shiq chiqargandan ko’ra, bu pullar evaziga hayriya qilsang o’lasanmi!!!” –degan fikrlar bildirishdi. Shularga qarata bir gap aytmoqchiman: "Insonni, umuman u qilayatgan ishlarni bilmay turib, bunaqangi gaplarni yozish mutloq noto’g’ri!!! Jasur qilgan ishlarni hatto 1%ini qila olmasdan, uyda yoki boshqa joyda o’tirib olib izoh yozgandan ko’ra, o’zingizning hatti-harakatlaringiz haqida obdon o’ylab ko’ring!!!”

Albatta, vaqt oily hakamdir!!! Kelajakda kim nimaga erishadi va ko’zlab qo’ygan rejalar amalga oshadimi yoki yo’qmi? Bu savollarga har birimiz vaqti kelib javob topamiz, lekin men estradamizda, umuman, hayotimizda Jasur Gaipovga o’xshagan ijodkor va insonlar ko’proq bo’lishini juda ham istar edim!!!

Hammamizga omad yor bo’lsin, hususan, biz bilgan va bilmagan Jasur Gaipovga ham!!!
[/c]
Всего комментариев: 0
avatar