Главная » 2015 » Октябрь » 2

Blu: Dunyodagi eng egiluvchan smartfon


  • News
  • 03 Окт 2015(00:21)
  • 810
  • 0
Smartfonlardagi egiluvchan displey anchadan beri hayratlanarli holat bo‘lmay qolgan. Samsung kompaniyasi o‘zining displeyining yon tomonlari egila oladigan GALAXY S6 Edge smartfonini ommaviy chiqara boshladi. LG kompaniyasi esa egiluvchan G Flex smartfonining ikkinchi avlodini taqdim etdi. Lekin 1 iyun kuni taqdim etilgan Indiegogo kraudfanding platformasida taqdim etilgan mahsulot, foydalanuvchilarning egiluvchan gadjetlar to‘g‘risidagi tushunchasini butunlay o‘zgartirishga qodir.

Blu — to‘laqonli smartfonini xuddi bilakuzukdek buklab, bilagingizda soatdek taqib yurishingiz mumkin. Kerak bo‘lganda esa uni xuddi oddiy smartfondek ishlataverasiz. Bu egiluvchanlik uning texnik ko‘rsatgichlariga hech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Uni avstraliyalik startaper Darrell Pita yaratgan. Uning fikricha, Blu o‘zida smartfonning quvvatini va «aqlli» soatlar egiluvchanligini birlashtirgan birinchi gadjet. Qurilma namlikdan saqlangan va tashqi kuchlarga chidamli qilib yaratilgan. Bu holat esa qurilmaga ekstremal holatlarda qo‘llanilish imkonini beradi.

Gadjetning ekrani Corning Gorilla Glass egiluvchan oyna bilan qoplangan, quvvat olish manbaasi sifatida esa 2400 mAs hajmga ega litiy-ionli egiluvchan akkumulyator o‘rnatilgan. O‘ziga xos grafikli interfeys ekranning moslashuvini istalgan zamonaviy qurilmadagiga nisbatan tezroq ishlashini taminlaydi.

Dunyodagi eng egiluvchan smartfonning ichki qismiga sakkiz yaderli Snapdragon 810 protsessori, 2 Gb operativ va 128 Gb ichki xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, Bluetooth, Wi-Fi, GPS adapterlari, bosim uzatgichi, kompas, giroskop, akselerometr va NFC chipi o‘rnatilgan. Kamera 13 Mp modulli, lekin yoritgichga ega emas. Bluning og‘irligi 170 gr, qalinligi esa 4,5 mm. Bu ko‘rsatgichlar uni dunyodagi eng ingichka smartfon deb atalishga davogar qiladi.

Gadjet 5,3-dyuymli 1080x1920 nuqtali hajmga ega F-OLED-ekranga ega bo‘ladi va nanoSIMda ishlaydi. GSM, 4G, LTE, HSPA tarmoqlarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. .

Qurilmada tez quvvat olish Qualcomm Quick Charge 2.0 texnologiyasi qo‘llanilgan va u quvvat olish jarayonini 75% tezlashtiradi.

Barcha investorlar uchun Blu $419 ga tushadi. Loyihani ishga tushirganga qadar, ishlab chiqaruvchilar $1 mln to‘plashlari lozim. Hozirgi kunga kelib esa atigi $15 ming jalb etishga muvaffaq bo‘lindi. Agar loyiha omadli yakun topsa, Bluning bozordagi narxi $819 ni tashkil qiladi. Pul mablag‘larini yig‘ishga hali yana 46 kun bor.
Всего комментариев: 0
avatar