Главная » 2016 » Август » 22

BMT bosh kotibi Turkiyadagi hujumdan so‘ng davlatlarni terrorizmga qarshi faolroq kurashishga chaqirdi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:23)
  • 219
  • 0
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Turkiyaning Gaziantep shahridagi kamida 50 kishini hayotdan olib ketgan teraktni qoraladi. To‘y tantanalari chog‘ida sodir etilgan hujum munosabati bilan xalqaro tashkilot yetakchisi navbatdagi ravishda terrorizmga qarshi kurashdagi urinishlarni faollashtirishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. “Bosh kotib mazkur hujumni uyushtirganlar tezda aniqlanishi va jazoga tortilishiga umid qiladi. U yana bir bor terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda mintaqaviy hamda xalqaro urinishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidlaydi”, — deyiladi BMT matbuot xizmati xabarida. Pan Gi Mun terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar oilasi, shuningdek, Turkiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi. Jarohatlanganlarga tezda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar