Главная » 2016 » Август » 17

BMT dunyoning eng innovatsion mamlakatlarini sanab o‘tdi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(09:05)
  • 190
  • 0
BMTning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan 16-avgust kuni Global Innovation Index reytingi hozirlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. Indeksga ko‘ra, dunyoning eng innovatsion mamlakati deb, 2015-yildagi kabi, Shveysariya tanlandi. Undan keyingi o‘rinlarni Shvetsiya va Buyuk Britaniya egalladi. Kuchli beshlikka, shuningdek, Finlyandiya va Singapur kirdi. Ekspertlar joriy yilda 25-o‘ringa munosib ko‘rilgan Xitoyning yutuqlarini alohida ta’kidladi. Aytilishicha, birinchi marta aholi jon boshiga daromad o‘rta darajada bo‘lgan davlat yuqori rivojlangan iqtisodiyotlar qatoriga qo‘shilishi. WIPO vakillarining bildirishicha, 2009-yilgi moliyaviy inqirozdan so‘ng tadqiqot va ishlanmalarga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi yiliga 7 foizdan 4 foizgacha tushib ketdi, bu esa dunyoning innovatsion rivojlanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar