Главная » 2015 » Сентябрь » 3

BMT O‘zbekistonga 434 mln dollarlik beg‘araz yordam berdi


  • News
  • 03 Сен 2015(14:05)
  • 473
  • 0
So‘nggi 22 yil ichida BMT O‘zbekistonga iqtisodiyot, boshqaruv, sog‘liqni saqlash, ta’lim va atrof-muhit muhofazasi sohalaridagi islohotlar uchun 434 million dollardan ortiq hajmdagi texnik ko‘makni taqdim etdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysi va Qoraqalpog‘istonda yashovchi bir milliondan ziyod kishi ichimlik suvi bilan ta’minlangan, olis tumanlardagi birlamchi tibbiy muassasalar va bolalar bog‘chalari ta’mirlangan, sug‘orish amaliyoti yaxshilangan, bolalar bog‘chalari rekonstruksiya qilingan, quyosh suv isituvchilari va panellari o‘rnatilgan.

BMT ko‘magida 1 dan 14 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalar qizamiq va poliomiyelit/qizilchadan himoyalangan; 6—59 oylik bolalarning 98 foizi A vitamini olib, qizamiq va mikroelementlar yetishmovchiligidan himoyalangan.

BMT vakolatxonasi rahbari ta’kidlashicha, bu yil BMTning O‘zbekistondagi tizimi hukumat bilan taraqqiyot yo‘lida hamkorlik qilish bo‘yicha yangi BMT doira dasturi (YuNDAF)ni imzoladi, u 2016—2020-yillarga mo‘ljallangan.

Manba: Daryo.uz

Теги: BMT O‘zbekistonga 434 mln dollarlik

Всего комментариев: 0
avatar