Главная » 2016 » Август » 18

BMT Rossiyaning Eron hududidan berilgan aviazarbalarini baholashdan tiyildi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(09:41)
  • 210
  • 0
BMT kotibiyati Suriyadagi IShID guruhi joylashgan nuqtalarga zarba berishda Erondagi aerodromlardan foydalanayotgan rossiyalik harbiylarning xatti-harakatlarini baholashdan o‘zini tiydi, deb yozadi “TASS”. BMT bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosati Farxan Xak jurnalistlarga ma’lum qilishicha, bu Eron bo‘yicha rezolyutsiyani buzish-buzmasligi haqidagi xulosalarni jahon tashkilotining Xavfsizlik Kengashi chiqarishi kerak. Avvalroq AQSh davlat departamentidagilar Rossiyaning xatti-harakatlari BMT Xavfsizlik Kengashining 2015-yil iyulda Eron bilan yadro bitimi bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyasiga zidligi yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qilgan edi. Bunda gap Eronga BMT Xavfsizlik Kengashi ruxsatisiz jangovar uchar qurilmalarni sotish, yetkazib berish yoki topshirish haqida gap bormoqda. 16-avgust, seshanba kuni Rossiya aviatsiyasi Suriyadagi jangarilarga zarba berishda birinchi marta Eronning Hamadon aerodromidan foydalandi: Tu-22MZ bombardimonchilari va Su-34 qiruvchi bombardimonchilari IShID va “Jibhat an-Nusra”ning Aleppo, Deyr-az-Zor va Idlib provinsiyalaridagi obyektlariga hujum qildi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar