Главная » 2016 » Август » 20

BMT tashkilotning halok bo‘lgan xodimlari xotirasini yodga oldi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(11:31)
  • 125
  • 0
BMT 19-avgust, juma kuni Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida o‘z vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarining xotirasini hurmat bilan yodga olib, Butunjahon gumanitar yordam kunini nishonladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. O‘tgan yil davomida 150 nafarga yaqin tinchlikparvar va xizmatdagi fuqarolar hujumlar, baxtsiz hodisalar va kasalliklar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Marosim BMTning Bag‘doddagi vakolatxonasida 2003-yilgi terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan memorialda o‘tkazildi. Terakt oqibatida tashkilotning 15 nafar xodimi o‘ldirilgan edi. Hech bir hujum tashkilotning shuncha xodimini hayotdan olib ketmagan edi. BMT bosh kotibi Pan Gi Munning hozir bo‘lmaganligi sababli memorialga gulchambarni uning birinchi o‘rinbosari Yan Eliasson qo‘ydi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar