Главная » 2016 » Октябрь » 14

BMW kelajak mototsikli konseptini namoyish etdi


  • News
  • 14 Окт 2016(12:39)
  • 888
  • 0
BMW kompaniyasi barcha kelajak g‘oyalari va texnologiyalari tatbiq qilingan Mottorad Vision Next 100 mototsikli konseptini taqdim etdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Next 100 mototsikli muvozanatni avtomatik tarzda saqlaydi. Ya’ni odam eng keskin burilishlarda ham transportdan yiqilib tushmaydi. Ishlab chiquvchilar ushbu texnologiyaning xavfsizligiga shunchalik ishonadiki, xavfsizlik shlemi va kostyumdan voz kechishni taklif qilmoqda. Kelajak transportidagi dvigatel esa yuqori darajada ekologik bo‘ladi.

Shlemni to‘ldirilgan reallik ko‘zoynagiga almashtirishmoqchi, u ko‘zni shamoldan ham himoya qiladi. Yarim shaffof displeyda qo‘shimcha ma’lumot aks etadi. Ehtimol, haydovchi tezlik, navigator yoki orqa tomonni ko‘ruvchi kamera tasvirini ko‘rib turadi.

Kompaniya aniqlik kiritishicha, o‘z-o‘zini muvozanatlashtiruvchi tizim 2030-yildan keyin paydo bo‘ladi. Hozircha haydovchilar halokatlar chog‘ida jarohat olishdan qanday himoyalanishi tushunarli emas.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar