Главная » 2015 » Сентябрь » 28

Bob Luts: Apple elektromobillari — pulni havoga sovurish


  • News
  • 28 Сен 2015(14:18)
  • 322
  • 0
Apple kompaniyasi Project Titan degan shartli nom olgan va 2019-yilda dunyo yuzini ko‘rishi mo‘ljallanayotgan elektromobil yaratish ustida faol ish olib borayotganini General Motors konserni sobiq vitse-prezidenti Bob Luts “pulni havoga sovurish”, deb atadi.

“Avtomobillar ishlab chiqarish to‘g‘risida so‘z borganda bu borada hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan Apple buni General Motors, Ford, Volkswagen, Toyota yoki Hyunday’ga qaraganda yaxshiroq uddalashiga hech qanday asos yo‘q, — deya ta’kidlagan Luts CNBC telekanaliga bergan intervyusida. — Qolaversa, elektromobillar bozori hali-hanuz rivojlanmagan va biror ishlab chiqaruvchi unda arzigulik mablag‘ topgani yo‘q”.

Mercedes-Benz kompaniyasi ham Titan loyihasiga ishonchsizlik bilan qaramoqda. Kompaniya top-menejerlaridan birining aytishicha, Apple avtomobilga iTunes’ni o‘rnata olgani uni mustaqil ishlab chiqarishga qodirligini anglatmaydi.

Apple vakillari bu bayonotlarni sharhlagani yo‘q. O‘z vaqtida iPhone, keyinchalik iPad qurilmalari yuzasidan ham shunday ishonchsizlik bildirilganini yodga olsak, bunga hojat ham yo‘qligi oydinlashadi.

Теги: Bob Luts: Apple elektromobillari —

Всего комментариев: 0
avatar