Главная » 2014 » Декабрь » 31

Bojalar guruhi yangi klip prem’erasi “Jamshid”


  • admin2
  • 31 Дек 2014(02:08)
  • 857
  • 0

Bojalar guruhining qo’shiqlari va kliplari originalligi bilan doim boshqa ijodkorlardan farq qilib turadi. Bugun e’tiboringizga taqdim etilayotgan yangi tarona ham ana shular qatoriga kiradi. Bojalar guruhining solisti Jahongir Poziljonovning “Jamshid” nomli qo’shiq yaratayotgani haqida xabar bergandik. Bugun ana shu taronaga baho berish fursati etdi. Odatdagidek, bundan qo’shiq yaratish g’oyasi Jahongir Poziljonovning o’ziga tegishli. “O’zbegim taronasi” radiosida ilk marta jarang sochgan tarona prem’erasi shov-shuvli tarzda o’tdi. Sababi ko’pchilik aynan bu tarona qanday jarang sochishiga qiziqish bildirayotgandi. Prem’era kutilganidan-da a’lo o’tdi, desak xato bo’lmaydi. Ko’plab tinglovchilarning maqtoviga erisha olgan qo’shiqning videoklip ham bugun saytimiz orqali eksklyuziv ravishda e’tiboringizga havola etilmoqda. Jonrid Sagdiyev tomonidan tasvirga olingan videoda bir necha mashhur ijodkorlarni uchratishimiz mumkin. Qizig’i shundaki, ular noodatiy tarzdagi obrazlarni yaratishgan. Shohruhxon, Javlon Shodmonov, Shukrullo Isroilov, “Ummon” guruhi yigitlarining keksalik vaqtini tasavvur qila olasizmi? Buni o’z ko’zingiz bilan ko’rishingiz ham mumkin. Marhamat tomosha qiling va kayfiyatingizni ko’taring!

Всего комментариев: 0
avatar