Главная » 2015 » Июль » 28

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Viktor Ortis AQShda qurolli bosqinchilik uchun hibsga olindi


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:27)
  • 442
  • 0

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Viktor Ortis AQShda qurolli bosqinchilik sodir etganligi uchun hibsga olindi, deb xabar beradi TMZ.

 

Hodisa 26-iyul kuni Pasadena shahrida (Kaliforniya shtati), amerikalik musiqachi Kenni Chesnining konserti bo‘lib o‘tayotgan “Rouz Boul” stadionida yuz berdi. Ortis akasi bilan tomoshabinlardan biri bilan janjallashib qoldi va bokschi erkakni yerga yiqitib, bir necha marta zarba berdi. Sportchi qurolini chiqargandan so‘ng, tartib saqlovchi xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.

Hibsga olinganidan bir necha soat o‘tib, Ortis 30 ming dollar garov puli evaziga qo‘yib yuborildi. Jabrlanuvchining ahvoli va mojaro sabablari ma’lum qilinmadi.

 

 

 
Всего комментариев: 0
avatar