Главная » 2015 » Декабрь » 7

Bollivudning eng mashhur juftligi yangi filmda yana birga ekranga chiqadi


  • News
  • 07 Дек 2015(20:33)
  • 2231
  • 0

Bollivud kinofilmlarining eng mashhur juftligi bo'lmish Shohruhxon va Kajol yangi filmda yana birgalikda bosh rollarni gavdalantiradi. “Sevishganlar/Dilwale” nomli ushbu film premerasi 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

Rejissyor Rohit Shettining ushbu filmi Hindistonning o'zida sabrsizlik bilan kutilmoqda. Kartina atrofidagi bunday shovshuv, kuchli reklama kampaniyasidan tashqari, yuz millionlab muxlislarga ega Shohruhxon va Kajolning yana birga katta ekranlarga chiqishi bilan tushuntiriladi.

Shubhasiz, bu film hind kinoijodkorlarining o'z muxlislariga ajoyib sovg'asi bo'ladi.
Yana bir diqqatga sazovor tomoni, s'yomka jarayoni mamlakatdan tashqarida, olis Islandiyaning go'zal go'shalarida amalga oshirildi. Treylerda bu orolda nihoyatda chiroyli va rang-barang sahnalar tasvirga olinganiga guvoh bo'lish mumkin.

Rohit Shetti uning filmining muvaffaqiyatini birinchi galda Shohruhxon va Kajolning ajoyib ijrosi ta'minlab berishiga ishonmoqda.

Filmga ishlangan soundtreckni ko'chirib olish.

Теги: Bollivudning eng mashhur juftligi y

Всего комментариев: 0
avatar