Главная » 2015 » Сентябрь » 30

Bond haqidagi yangi filmni suratga olishda qiymati umumiy 35 million dollar bo‘lgan yettita Aston Martin ishdan chiqdi


  • News
  • 30 Сен 2015(08:15)
  • 573
  • 0
Jeyms Bond haqidagi yangi — “007: Spektr” (Spectre) filmini tasvirga olish jamoasi Rimdagi poyga sahnalarini suratga olish vaqtida o‘z ixtiyoridagi 10 ta Aston Martin DB10 avtomobillaridan umumiy qiymati 35 million dollarga teng yettitasini ishdan chiqardi.

“Biz “Spektr” filmini suratga olish jarayonida avtomobillarni ishdan chiqarish bo‘yicha rekord o‘rnatdik”, — deydi tryuklarning bosh postanovkachisi Geri Pauell. Uning so‘zlariga ko‘ra, tasvirga olish jamoasi butun tun davomida filmning to‘rt soniyalik lavhasi ustida ishlagan.

Xabar berishlaricha, Rimda Aston Martin DB10 rulidagi Jeyms Bondni filmning yovuz qahramonlaridan biri Jaguar C-X75 avtomobili yordamida ta’qib etishi tasvirlangan.

Britaniyalik agent Jeyms Bond haqidagi 24-film jahon prokatiga 2015-yil 6-noyabr kuni chiqarilishi kutilmoqda. Unda bosh rolni to‘rtinchi marta Deniyel Kreyg ijro etgan.
Всего комментариев: 0
avatar