Главная » 2016 » Август » 24

Bosh ilmiy-metodik markazda “Art marketing” fani taraqqiyoti mavzusi bo‘yicha xorijlik mutaxassis ma’ruza o‘qidi


  • Pro_eXclusive
  • 24 Авг 2016(16:45)
  • 257
  • 0
Bosh ilmiy-metodik markazda 2016-yilning 22-avgust kuni O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi tarmoq markaz direktor o‘rinbosar konsultanti professor Kim In Og xonim trenerlar uchun mashg‘ulot olib bordi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi malaka oshirish Tarmoq markazi bo‘lim boshlig‘i Baxtiyor Salaydinov “Daryo”ga ma’lum qildi. Bundan asosiy maqsad Oliy ta’lim tizimida 2016/2017-o‘quv yilida birinchi kurs talabalari uchun dars beradigan o‘qituvchilarga xorijiy adabiyotlar asosida takomillashtirilgan fanlarning taraqqiyot yo‘nalishlari va zamonaviy holati, fan sohasidagi ilmiy yangiliklar va axborotlar asosida ta’lim dasturlarini takomillashtirish, fan sohasiga tegishli davriy, ilmiy nashrlardagi axborotlar bilan ishlash bo‘yicha trenerlarga bevosita xorijiy mutaxassis professor Kim In Og xonim yordamida ma’ruzalar tashkil qilishdir. Trenerlar kursida O‘zDSMI tarmoq markazida dars beradigan rangtasvir, musiqa san’ati va san’atshunoslik yo‘nalishlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar