Главная » 2015 » Сентябрь » 19

Bostondagi tibbiyot markazida o‘lim sanasini taxmin qiladigan superkompyuter o‘rnatildi


  • News
  • 19 Сен 2015(08:50)
  • 583
  • 0
Bostondagi (AQSh) Beth Israel Deaconess Medical Center tibbiyot markazida shifokordan tez tashhis qo‘ya oladigan va o‘lim sanasini aniqlashga qodir superkompyuter o‘rnatildi. Qurilmada keyingi 30 yil mobaynida yordam so‘rab murojaat etgan 250 ming mijoz haqidagi ma’lumot bitta kompyuter tizimiga jamlangan.

Kompyuter bemordagi qon bosimi, qondagi kislorod darajasi, tana harorati, tomir urishi ko‘rsatkichlarini to‘playdi. Bu ma’lumotlar markaziy bazada qayta ishlanib, mavjud manbalar hajmini va o‘z-o‘zidan, bashoratlar aniqligi ehtimolini oshiradi.

“Biz bemor to‘g‘risidagi hamma narsa, jumladan, hozirgi ahvoli va oldingi barcha shikoyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playmiz, — deya hikoya qiladi superkompyuter yaratuvchilaridan biri Stiv Xorng. —Bu manbalarni shunday dardga chalingan boshqa mijozlarning holati bilan solishtirib ko‘rib, kasallikning kechishi va rivojlanishini oldindan aytib berishimiz mumkin. Shuningdek, kishida keyinchalik paydo bo‘ladigan xastaliklarni ham taxmin qila olamiz. Agar kompyuter bemor o‘lim yoqasida ekanligini taxmin qilsa, bu taxminning amalga oshish foizi juda yuqori”.

Mutaxassislar bunday qudratli imkoniyatga ega qurilmani ishga tushirishdan maqsad shifokorlarning o‘rnini egallash emas, balki tibbiyot xodimlaridagi mavjud salohiyat samaradorligini oshirishdan iborat ekanini ta’kidlamoqda.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar