Главная » 2015 » Ноябрь » 16

Braziliyada tashqi ko‘rinishi yangilangan Chevrolet Cobalt sotuvga chiqariladi


  • Admin
  • 16 Ноя 2015(19:43)
  • 1083
  • 0
Braziliyada 2016-yil martidan Chevrolet Cobalt sedanining yangilangan ko‘rinishi savdoga chiqariladi.

Cobalt’ning tashqi ko‘rinishi sezilarli restayling bo‘ladi — yon tomondan bahsli ko‘rinadigan tuzilishi saqlanib qolgani bilan, radiator panjarasi, old va orqa chiroqlarning ko‘rinishi o‘zgaradi, bamperlar qayta ishlanadi.

Avtomobilning ko‘rinishini qimmatbahoroq qilib ko‘rsatish uchun tashqi tomoniga xrom bilan ko‘proq ishlov beriladi. Interyerdagi asosiy o‘zgarishlar multimedia tizimi bilan bog‘liq — Cobalt’ga nisbatan yangi, sensor ekranli MyLink II tizimi va orqa tomonni ko‘rsatuvchi kamera o‘rnatiladi.

Yangilangan Chevrolet Cobalt O‘zbekiston va Rossiyada qachon paydo bo‘lishi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.
Всего комментариев: 0
avatar