Главная » 2015 » Июль » 28

Braziliyada velosipedchi o‘ziga xalal bergan mashinani qo‘li bilan ko‘tarib, surib qo‘ydi (video)


  • Admin
  • 28 Июл 2015(18:29)
  • 559
  • 0

Braziliyada baquvvat erkak velosiped yo‘lagida qoldirib ketilgan Fiat Uno avtomobilini o‘z qo‘llari bilan ko‘tarib, chetga surib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Autoevolution.

Qayd etilishicha, velosipedda kelayotgan erkak yo‘lda turgan avtomobilni ko‘rib, uning orqa qismini ko‘targan va chetga chiqarib qo‘ygan.

Guvohlar velosipedchining bu harakatini hayrat bilan qabul qilgan. Ushbu holat aks etgan videoyozuv YouTube’ga 27-iyul kuni joylashtirilgan bo‘lib, bir sutka ichida 600 ming martadan ko‘proq ko‘rilgan.

 

 

 
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar