Главная » 2015 » Ноябрь » 8

Britaniyada “selfivandlik”ni davolovchi dori sotila boshladi


  • News
  • 08 Ноя 2015(14:31)
  • 447
  • 0
Britaniyaning “AntiSelfieTabs.com” internet-do‘konida “selfivandlik”dan azob chekuvchilar uchun hapdorilar sotuvga chiqdi.

Yalpiz ta’mli dorilar davolovchi xususiyatga ega emas, ular faqat nafasni tozalaydi, biroq o‘zlarini juda ko‘p suratga oladigan kishilar uchun hazilomuz sovg‘aga aylanishi mumkin.

Dorining tavsifida uning xususiyatlari sanab o‘tilgan, bular xususan, arzon narx, o‘ziga xoslik va yangilik, shuningdek, anonim ravishda jo‘natish imkoniyatidir. Selfiga ishqibozlikdan xalos bo‘lish uchun ayollarga bir kunda uchtadan, erkaklarga ikkitadan “dori” qabul qilish tavsiya etilgan.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar