Главная » 2015 » Июль » 8

Britaniyalik erkak selfi tayog‘idan chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi


  • News
  • 08 Июл 2015(21:04)
  • 367
  • 0
5-iyul kuni Uels janubidagi tog‘da sayr qilib yurgan britaniyalik erkak fotosuratga tushayotganda selfi tayog‘idan chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Nur.kz”.

Guvohlar uzoq davom etmagan, biroq kuchli bo‘lgan momoqaldiroq vaqtida tog‘ cho‘qqisida suratga tushishga uringan sayyohlarni ko‘rganini ma’lum qilgan. O‘sha kuni jami 4 kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari halok bo‘lgan. Yana birini esa shu atrofda mashg‘ulot o‘tkazayotgan qutqaruvchilar ko‘rib qolib, shifokorlar kelgunicha tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Independent xabariga ko‘ra, jabrlanganlardan biri chaqmoqdan kuyish jarohatini olgan va shifoxonaga yotqizilgan, ikkinchisining jarohati jiddiy emas. Halok bo‘lish holatlari esa qo‘riqxonaning turli qismlarida kuzatilgan.

Manba: Daryo.uz

Теги: Britaniyalik erkak selfi tayog‘idan

Всего комментариев: 0
avatar