Главная » 2016 » Январь » 19

Britaniyalik qo‘shiqchi Adelning klipi Gangnam Style’ning rekordini yangiladi


  • News
  • 19 Янв 2016(20:20)
  • 818
  • 0
Britaniyalik qo‘shiqchi Adelning Hello qo‘shig‘iga ishlangan klip YouTube’da 88 kun ichida milliard marta tomosha qilinib, rekord o‘rnatdi.

Ungacha ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord o‘rnatgan koreyalik reper PSY’ning Gangnam Style klipiga buning uchun 159 kun kerak bo‘lgan edi.

2015-yilning 22-oktabr kuni chiqqan Adelning klipi birinchi sutkalardayoq 27,7 million marta tomosha qilinib, rekord o‘rnatgan edi. Keyingi uch oy ichida ham Hello klipi tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otib, har kuni o‘n million marta tomosha qilindi.

Milliardlik ko‘rsatkichni u Gangnam Style’ga qaraganda ikki marta tezroq zabt etdi. Bu esa ekspertlarga Adelning klipi PSY egallab turgan mutlaq rekordni, ya’ni 2,5 milliardlik ko‘rsatkichni 19-yanvar kuni yangilashga muvaffaq bo‘ladi, deb bashorat qilishiga imkon berdi.

Adel Lori Blyu Etkins – hozirgi zamon qo‘shiqchilarining eng omadlilaridan biri hisoblanadi. Uning “19” deb nomlangan ilk plastinkasi (2008) unga ikkita “Gremmi” mukofotini keltirgan edi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar