Главная » 2015 » Октябрь » 15

Buker adabiy mukofotini yamaykalik Marlon Jeyms qo‘lga kiritdi


  • News
  • 15 Окт 2015(10:01)
  • 378
  • 0
Yamaykalik yozuvchi Marlon Jeyms “Yetti qotilikning qisqacha tarixi” romani uchun bu yilgi The Man Booker Prize adabiy mukofoti laureati bo‘ldi. G‘olibning nomi 13-oktabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda e’lon qilindi.

Mazkur asarda mashhur san’atkor Bob Marli hayotiga uyushtirilgan suiqasdlar haqida hikoya qilinadi. 44 yoshli adib (ayni paytda Minneapolisda istiqomat qiladi) bu mukofotga loyiq ko‘rilgan Yamaykaning ilk vakili bo‘ldi.

1969-yilda ta’sis etilgan va adabiyot olamida nufuzi baland bo‘lgan Buker mukofoti ingliz tilidagi eng sara asarlar uchun taqdim etiladi. G‘olibga 50 ming funt sterlingga teng chek beriladi.
Всего комментариев: 0
avatar