Главная » 2015 » Август » 6

Buxorolik olimlar fizikadan virtual laboratoriya ishlari o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqdi


  • News
  • 06 Авг 2015(12:05)
  • 632
  • 0
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti olimlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari va yosh o‘qituvchilar uchun “Fizika fanidan virtual tajriba ishlari” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqdi.

Ushbu elektron qo‘llanma oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida fizikadan amalda bajarish imkoni bo‘lmagan tajriba ishlarini virtual bajarish va talaba, o‘quvchilarda axborot texnologiyalari ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan bo‘lib, fizika kursining barcha bo‘limlaridan yettita laboratoriya ishini qamrab olgan. Dasturda keltirilgan laboratoriya ishlari interfaol bo‘lib, zarur kattaliklarni almashtirish yo‘li bilan natijaning bir necha qiymatlari orqali uning absolyut va nisbiy xatoliklarini topish imkonini beradi.

Mualliflar M.Z.Sharipov, F.K.Xallokov, M.R.Turdiyev, D.E.Xayitov va B.B.Muminovga mazkur o‘quv qo‘llanma uchun № DGU 03181 raqamli guvohnoma berildi.

Теги: Buxorolik olimlar fizikadan virtual

Всего комментариев: 0
avatar