Главная » 2015 » Июль » 13

Chagayev 120 kun ichida Okendo bilan revansh jangi o‘tkazishi kerak


  • Admin
  • 13 Июл 2015(22:05)
  • 590
  • 0

Og‘ir vaznda WBA yo‘nalishi chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev Franchesko Pyaneta bilan jangdan keyin 120 kun ichida Fres Okendo bilan revansh jangi o‘tkazishi kerak, deb xabar qiladi “Arena.uz”.

Eslatib o‘tamiz, 11-iyul oqshomida Chagayev birinchi raundning o‘zidayoq italiyalik Pyanetani nokautga uchratgandi.
– Reglamentga ko‘ra, Okendo bilan jang 12-iyuldan boshlab 120 kun ichida Germaniyada o‘tkazilishi kerak, – deya Chagayevning promouteri Timur Dugazayevning so‘zlaridan keltiradi “R-Sport”. – Ehtimol jang Gamburgda o‘tar, lekin nima bo‘lgan taqdirda ham hammasini Ramzan Axmatovich Qodirov bilan muhokama qilib olishimiz kerak. Ruslan Pyaneta bilan jangga bir yil tayyorlandi, to‘rtta mashg‘ulot lagerida ishladi. Hozircha ikki hafta ta’til olamiz va Okendoga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz”.

Всего комментариев: 0
avatar