Главная » 2015 » Июль » 13

Chechen sudi qarori asosida "VKontakte" guruhidagi ateistlar guruhi yopib qo'yildi


  • Admin
  • 13 Июл 2015(19:49)
  • 399
  • 0

Checheniston poytaxti Grozniy shahri sudi "VKontakte" ijtimoiy tarmog'idagi ateistlar guruhini yopish haqida hukm chiqardi. Bu haqda TJournal xabar bergan."VKontakte" tarmog'i matbuot kotibi Georgiy Lobushkinning ma'lum qilishicha, Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiyalar sohasidagi nazorat bo'yicha federal xizmati (Roskomnadzor) ro'yxatidan o'tkazilgan "Xudo yo'q" deb nomlanuvchi ushbu guruh 9 iyul kuni sud qarori asosida yopilgan.Bu qarorga guruhga aynan qanday materiallar joylashtirilgani sabab bo'lganiga aniqlik kiritilmagan.Prokuror Chinaevning so'zlariga ko'ra, shu yilning 6 aprelida bu guruhda dindorlarning nafsoniyatiga teguvchi post joylashtirilgandi.Bu holat bo'yicha da'vo arizasi 17 aprel kuni topshirilgan. 13 may kuni Grozniy sudi bu guruhni butun Rossiya bo'ylab yopib qo'yishni tavsiya qilgandi.

Всего комментариев: 0
avatar