Главная » 2015 » Декабрь » 16

Chechenistonlik yozuvchi “Avatar”ni suratga olish chog‘ida huquqini buzganlikda ayblab, 20th Century Fox kinostudiyasini sudga berdi


  • News
  • 16 Дек 2015(21:40)
  • 350
  • 0
Chechenistonlik yozuvchi Ruslan Zakriyev Moskvaning Xamovnicheskiy tuman sudiga AQShning 20th Century Fox kinokompaniyasiga qarshi da’vo kiritdi. Yozuvchi kinostudiyani “Avatar” filmini ishlab chiqarish chog‘ida mualliflik huquqi buzilganida ayblab, ma’naviy zarar uchun 10 million rubl miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

“Sudga 20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan 2009-yilda men tomonimdan 1996—2001-yillarda yozilgan va 2002-yilda chop etilgan “Maxfiy qurol” badiiy asari g‘oyalaridan foydalanilgani munosabati bilan murojaat etdim”, — deya ta’kidlagan Zakriyev.

Yozuvchi o‘zining muallif ekanligini ekspertlar xulosasi, ‘Maxfiy qurol’ romaniga 2002-yilda olingan egalik huquqi, ikki asar o‘xshashligi tan olingan “Avatar” filmi rejissori Jeyms Kemeronning vakillari yozgan maktublar bilan isbotlash niyatida. Zakriyevning aytishicha, u Kemeron bilan besh yildan beri muzokara olib boradi. Shu vaqt mobaynida u ishni sudgacha olib bormaslik so‘ralgan va qarshi da’vo berish bilan tahdid qilingan o‘nga yaqin xat olgan.

2009-yilda ekranlarga chiqqan “Avatar” tijoriy jihatdan kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli film sanaladi: kartina 2,7 milliard dollar daromad keltirgan.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar