Главная » 2016 » Февраль » 17

Chelyabinsk meteoritidan kattaroq asteroid Yerga 5-mart kuni yaqin keladi


  • voydodaxek
  • 17 Фев 2016(12:44)
  • 590
  • 0

NASA mutaxassislari fikricha, to‘qnashish xavfi yo‘q, ammo asteroid sayyoraga qanchalik yaqin masofada uchib o‘tishi borasidagi hisob-kitoblar bir-biridan farq qilmoqda. Prognozlardan biriga ko‘ra, asteroid 14 million km — Yer va Oy o‘rtasidagi masofadan 35 marta kattaroq masofada uchib o‘tadi. Yana boshqa taxminlarga ko‘ra, u 17 ming km naridan o‘tadi, bu geostatsionar yo‘ldoshlar orbitasiga to‘g‘ri keladi.

Bir-biridan farqli baholar berilishiga sabab olimlar asteroid haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligidadir. U 2013-yilda aniqlangan bo‘lib, o‘shanda olimlar uni uch kun davomida kuzatishga ulgurgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, asteroid diametri taxminan 30 metrga teng. National Geographic ta’kidlashicha, ushbu osmon jismi Chelyabinskka 2013-yil 15-fevralda qulagan asteroiddan kattaroqdir.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar