Главная » 2016 » Сентябрь » 14

Chempionlar Ligasi. “Bavariya” va “Barselona” yirik g‘alaba bilan boshladi, “PSJ” “Arsenal”ni yenga olmadi


  • Pro_eXclusive
  • 14 Сен 2016(08:52)
  • 354
  • 0
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida 2016/17-yilgi mavsumning guruh bosqichi start oldi. Musobaqaning amaldagi finalchisi hisoblangan Madridning “Atletiko” klubi “D” guruhining ilk turini “PSV” maydonida o‘tkazib, minimal hisobda zafar quchdi. Guruhdagi ikkinchi bellashuvda “Bavariya” futbolchilari “Rostov” darvozasini besh bor aniq nishonga oldi. “A” guruhining markaziy o‘yini Parij shahrida kechib, “PSJ” futbolchilari “Arsenal”ni mag‘lub eta olmadi — 1:1. “Bazel” va “Ludogorets” o‘rtasidagi ikkinchi o‘yinda ham shu natija qayd etildi. “B” guruhida “Dinamo” futbolchilari Kiyev shahrida “Napoli”dan yengilgan bo‘lsa, “Beshiktosh” “Benfika”ga qarshi bellashuvning so‘nggi daqiqasida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi — 1:1. Va nihoyat “C” guruhi ishtirokchisi “Barselona” xalqaro maydondagi yurishini 7:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi. “Kamp Nou”da “Seltik”ni qabul qilgan kataloniyaliklar Messining xet-trigi, Suaresning dubli, Neymar va Inyestaning 1 tadan goli evaziga zafar quchdi. Guruhdagi ikkinchi — “Manchester Siti” — “Borussiya Myonxengladbax” o‘yini kuchli yomg‘ir sabab qoldirildi. Yevropa Chempionlar Ligasi 1-tur uchrashuvlari 13-sentabr, seshanba “A” guruhi “PSJ” (Fransiya) — “Arsenal” (Angliya) 1:1 Gollar: Edinson Kavani, 1 (1:0). Aleksis Sanches, 78 (1:1). Chetlatishlar: Olivye Jiru, 90+3 (A). Marko Verratti, 90+4 (P). “Bazel” (Shveysariya) — “Ludogorets” (Bolgariya) 1:1 Gollar: Jonatan Kafu, 45 (0:1). Renato Shteffen, 80 (1:1). “B” guruhi “Dinamo Kiyev” (Ukraina) — “Napoli” (Italiya) 1:2 Gollar: Denis Garmash, 26 (1:0). Arkadiush Milik, 36 (1:1). Arkadiush Milik, 45+2 (1:2). Chetlatish: Sergey Sidorchuk, 68 (D). “Benfika” (Portugaliya) — “Beshiktosh” (Turkiya) 1:1 Gollar: Franko Servi, 12 (1:0). Taliska, 90+3 (1:1). “C” guruhi “Barselona” (Ispaniya) — “Seltik” (Shotlandiya) 7:0 Gollar: Lionel Messi, 3 (1:0). Lionel Messi, 27 (2:0). Neymar, 50 (3:0). Andres Inyesta, 59 (4:0). Lionel Messi, 60 (5:0). Luis Suares, 75 (6:0). Luis Suares, 88 (7:0). Noaniq penalti: Mussa Dembele, 24 (S). “D” guruhi “Bavariya” (Germaniya) — “Rostov” (Rossiya) 5:0 Gollar: Robert Levandovski, 28-pen (1:0). Tomas Myuller, 45+2 (2:0). Joshua Kimmix, 53 (3:0). Joshua Kimmix, 60 (4:0). Xuan Bernat, 90 (5:0). “PSV” (Gollandiya) — “Atletiko” (Ispaniya) 0:1 Gol: Saul, 43 (0:1). Noaniq penalti: Andres Guardado, 45+2 (P).
Всего комментариев: 0
avatar