Главная » 2015 » Ноябрь » 18

Chevrolet Captiva krossoveri yangilandi


  • Admin
  • 18 Ноя 2015(18:48)
  • 457
  • 0
Chevrolet kompaniyasi yangilangan Captiva krossoverini namoyish qildi. Restayling qilingan yangi model 2016-yilning yanvaridan sotuvga chiqadi.

Restaylingdan so‘ng krossover kuzovining old qismi deyarli to‘liq o‘zgardi. Misol uchun, yorug‘lik diodli signal chiroqlari bilan jihozlangan yangi old bamper, shuningdek, falshradiatorli panjara kabilar. Bundan tashqari, undagi emblemaning o‘rni o‘zgardi.

Yangilangan Captiva yangi MyLink multimediya tizimi bilan ta’minlandi. Krossover, shuningdek, yangi xavfsizlik tizimi bilan jihozlandi. Tizim yon oynalar orqali orqa ko‘rinishdagi o‘lik hududlarni kuzatish, qolaversa, orqaga harakatlanayotib perpendikulyar yo‘nalishda yaqinlashayotgan mashinani kuzatish imkonini beruvchi funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Bu ikki funksiya uning orqa bamperiga o‘rnatilgan radarlar yordamida amalga oshiriladi.

Теги: Chevrolet Captiva krossoveri yangil

Всего комментариев: 0
avatar