Главная » 2016 » Январь » 20

Chevrolet Dehli avtosalonida hind bozori uchun mo‘ljallangan Spark’ni namoyish etadi


  • News
  • 20 Янв 2016(23:52)
  • 627
  • 0
Chevrolet kompaniyasi har qanday yo‘lda harakatlana oladigan va Dehli avtosaloni doirasida namoyish etiladigan kompakt xetchbek prototipini tayyorladi. Prototip Chevrolet’ning Hindistondagi bo‘linmasi tomonidan yangi Spark (boshqa bozorlarda — Beat) modeli negizida ishlab chiqilgan.

Chevrolet nomiga Cross qo‘shimchasini qo‘shib olgan prototipning hozircha faqat bitta tizerini e’lon qildi. Kuzovning old qismi ko‘p jihatdan yangi Spark’ga o‘xshab ketadi, biroq yorug‘lik diodli tumanda yoqiladigan chiroqlari, old bamperning quyi qismidagi himoya plastinasi, shuningdek, kuzovdagi qora chiziqlar va reylinglar bilan farqlanadi.

Yangi avlod Spark xetchbekining taqdimoti 2015-yil aprelida bo‘lib o‘tgandi. Model ajdodiga nisbatan uzunlashdi, Ecotec oilasiga mansub, hajmi 1,4 litr bo‘lgan 98 ot kuchiga ega yangi dvigatel bilan ta’minlandi.

Yangi Spark’ni General Motors’ning Janubiy Koreyadagi zavodida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Modelni jahonning 40 dan ortiq mamlakatlarida sotish rejalashtirilgan, biroq Hindistonda, taxminlarga ko‘ra, eski avlod xetchbekining platformasidan foydalaniladi.
Всего комментариев: 0
avatar