Главная » 2015 » Ноябрь » 20

Chevrolet harbiylar bilan hamkorlikda vodorodli pikap yaratadi


  • News
  • 20 Ноя 2015(19:59)
  • 381
  • 0
Chevrolet kompaniyasi vodorodli yoqilg‘i yacheykalarida ishlovchi tok kuchi qurilmasiga ega Colorado pikapini ishlab chiqmoqda. Ushbu loyihada AQSh armiyasi uchun transport vositalari yaratishga javobgar bo‘lgan TARDEC bo‘linmasi hamkorlik qilmoqda.

Chevrolet’dagilar vodorodli Colorado haqida hech qanday tafsilotlarni bayon qilmadi. Faqatgina, elektr dvigatellar uchun energiya vodorod va kislorod o‘rtasidagi reaksiya chog‘ida olinadigan kuchli tok qurilmasi yo‘ltanlamas avtomobillar uchun ham mos tushishi ta’kidlandi.

TARDEC qo‘shimcha qilishicha, vodorodli kuch agregatining shovqinsiz ishlashi harbiy talablarga javob beradi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar