Главная » 2015 » Октябрь » 24

Chevrolet kompaniyasi 5 ta modeli uchun tyuning lineykasini namoyish qildi


  • News
  • 24 Окт 2015(13:32)
  • 681
  • 0
Chevrolet kompaniyasi Red Line deb nomlangan yangi tyuning konseptual lineykasini namoyish etdi, u Camaro, Trax, Malibu, Colorado va Silverado modellariga nisbatan qo‘llaniladi. Bu haqda Motor xabar berdi. Yangi modellar premyerasi noyabr boshida Las-Vegasdagi SEMA festivali doirasida bo‘lib o'tadi.

Barcha mashinalarning kuzovi kumushrang tus oldi va qizil detallarga ega bo‘ldi; tomi ko‘mirrang tusga bo‘yaldi, orqa chirog‘i qoraytirildi.

Chevrolet Camaro yangi kiritish tizimi, modernizatsiyalangan tormoz mexanizmlari, 20 dyuymli alyuminiy disklar bilan jihozlandi.

Trax krossoveri va Malibu sedanining klirensi kichraytirildi, shuningdek, tegishli ravishda 18 va 19 dyuymli g‘ildiraklar kiydirildi.

Colorado va Silverado pikaplari yangidan sozlangan kiritish va chiqarish tizimlari, g‘ildirak arkalarini kengaytirgichlar va Goodyear Wrangler Fortitude pokrishkalariga ega bo‘ldi.

Теги: Chevrolet kompaniyasi 5 ta modeli u

Всего комментариев: 0
avatar