Главная » 2015 » Октябрь » 22

Chevrolet kompaniyasi modellari eng ishonchsiz avtomobillar ro‘yxatiga kirdi


  • News
  • 22 Окт 2015(19:37)
  • 867
  • 0
Amerikaning Consumer Reports nashri avtomobillar ishonchliligi bo‘yicha navbatdagi an’anaviy reytingni e’lon qildi.

Reytingning yuqori uchligini Lexus, Toyota va Audi markalari egalladi. Ro‘yxat uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi — “Eng ishonchli avtomobillar” qismida yettita, “Ishonchli avtomobillar”da sakkizta va “Eng ishonchsiz avtomobillar” qismida 13 ta kompaniya joylashdi.

Chevrolet modellari reytingda eng ishonchsiz avtomobillar sifatida tilga olindi. U bilan bir qatorda Acura, GMC, Mercedes-Benz, Chrysler kompaniyalari joylashdi.

Consumer Reports reytingi AQShdagi 740 mingta avtomobilning ishonchliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib tuzildi.

O‘RIN KOMPANIYA MODELLAR SONI O‘RINLARNING O‘TGAN YILGA NISBATAN O‘ZGARISHI

Eng ishonchli avtomobillar
1. Lexus
2. Toyota
3. Audi 8
4. Mazda
5. Subaru
6. Kia
7. Buick

Ishonchli avtomobillar
8. Honda
9. Hyundai
10. MINI 2
11. BMW
12. Volvo
13. Volkswagen
14. Porsche
15. Nissan

Eng ishonchsiz avtomobillar
16. Lincoln
17. Ford 13
18. Acura
19. GMC
20. Chevrolet
21. Mercedes-Benz
22. Chrysler
23. Dodge
24. Infiniti
25. Cadillac
26. RAM 2
27. Jeep 4
28. Fiat 2
loading...
Всего комментариев: 0
avatar