Главная » 2015 » Март » 5

Chevrolet kompaniyasi yangi Malibu profilini namoyish etdi


  • Admin
  • 05 Мар 2015(22:28)
  • 861
  • 0

Chevrolet kompaniyasi keyingi avlod Malibu sedanining rasmiy tizerini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Motor.ru”. Rasmda yangi avtomobil kuzovining kupesimon profili tasvirlangan xolos. Uning debyuti aprelda Nyu-Yorkdagi avtosalonda bo‘lib o‘tadi.

Model yangi platformaga quriladi. Malibu g‘ildiragi bazasi deyarli 10 santimetrga (taxminan 2840 millimetrgacha) kattalashadi, bu orqadagi yo‘lovchilar oyoq qo‘yishi uchun qo‘shimcha joy hosil qiladi.

Bundan tashqari, model konstruksiyasida o‘ta mustahkam po‘latdan foydalanish evaziga uning og‘irligi 136 kilogrammga — 1400 kilogrammgacha yengillashadi.

Теги: Chevrolet kompaniyasi yangi Malibu

Всего комментариев: 0
avatar