Главная » 2015 » Декабрь » 9

Chevrolet Malibu AQShdagi “Yil avtomobili” tanlovi finaliga chiqdi


  • News
  • 09 Дек 2015(21:32)
  • 615
  • 0
“Shimoliy Amerikada yilning eng yaxshi yengil avtomobili va yo‘ltanlamasi” (North American Car and Truck/Utility of the Year) 23-tanlovi tashkilotchilari 2016-model yilida ushbu nomlarga da’vogarlik qilayotgan oltita finalchini e’lon qildi. Yakuniy natijalar yanvar oyida Detroyt avtosalonida ma’lum bo‘ladi.

Yengil mashinalar orasida eng yaxshi degan nom uchun Chevrolet Malibu sedani, Honda Civic oilasi va Mazda MX-5 rodsteri kurash olib boradi.

Eng yaxshi yo‘ltanlamas nomiga da’vogarlar esa Yaponiyaning Honda Pilot va Nissan Titan XD hamda Shvetsiyaning Volvo XC90 avtomobillari bo‘ldi.

Tanlovda Shimoliy Amerikaning 56 nafar avtomobil jurnalistlari va ekspertlari hakamlik qiladi. Ovoz berish 4-yanvarda bo‘lib o‘tadi, g‘oliblar 11-yanvarda e’lon qilinadi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar