Главная » 2015 » Октябрь » 22

Chevrolet Spark tajovuzkorona ko‘rinishga ega bo‘ldi


  • News
  • 22 Окт 2015(19:44)
  • 1620
  • 0
Chevrolet kompaniyasi Spark xetchbekining RS qo‘shimchasini olgan maxsus versiyasini ishlab chiqdi. Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan SEMA tyuning-shousida ilk bor namoyish etiladigan mashina tajovuzkorona kuzov to‘sgichiga ega bo‘ldi.

Chevrolet Spark RS karbonli old splitteri, shu materialdan tayyorlangan orqa bamper elementi, shuningdek, qora-kumushrang qo‘shimchalarga ega bo‘ldi. Shuningdek, xetchbekka pasaytirilgan yo‘l yorug‘ligi va Corvette superkariga o‘xshash 17 dyuymli g‘ildirak lappagi qo‘shildi.

“Har bir Chevrolet’da ‘Korvet’ning DNKsi bor. Spark RS bizning eng kichik avtomobilimiz ham uni boshqalardan ajratib turuvchi imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatib berishi kerak”, — deya ta’kidlagan Chevrolet bosh dizayneri Todd Parker.

Avtomobilning texnik xususiyatlari to‘g‘risida hozircha xabar berilmagan. Chevrolet Spark RS ham 98 ot kuchiga ega 1,4 litrli benzinli motor bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.
Всего комментариев: 0
avatar