Главная » 2015 » Август » 10

Chexiya o‘zbekistonlik talabalar uchun davlat stipendiyalarini taklif qiladi


  • Admin
  • 10 Авг 2015(22:12)
  • 729
  • 0

Chexiya 2016/2017-o‘quv yilida O‘zbekiston talabalari uchun uchta davlat stipendiyasini taqdim etadi. Bu haqda Chexiyaning Toshkentdagi elchixonasiga asoslanib, “Review.uz” xabar bermoqda.

Stipendiyalar ta’limi faqat chex tilida bo‘lgan bakalavr (uch—to‘rt yillik) va to‘liq magistrlik (to‘rt—olti yillik) o‘quv dasturlari bo‘yicha bilim olish uchun taqdim etiladi.

Mazkur stipendiyalar asosida o‘zbekistonlik talabalar Chexiyada qishloq xo‘jaligi, texnikaviy, iqtisodiy mutaxassisliklar va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olishi mumkin.

Stipendiyalar va ularni qo‘lga kiritish qoidalari haqida to‘liq axborotni Chexiyaning Toshkentdagielchixonasi saytida yoki Chexiya Ta’lim, yoshlar va jismoniy rivojlanish vazirligi internet-sahifasida topish mumkin.

 

 

 
loading...
Всего комментариев: 0
avatar