Главная » 2015 » Июль » 29

Chorvoqda odamxo‘r ayiq paydo bo‘lgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi


  • Admin
  • 29 Июл 2015(19:11)
  • 2455
  • 0

Shu kunlarda Telegram messenjerining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari orasida Chorvoqda ayiq bir odamni g‘ajib, ikkiga bo‘lib tashlagani haqida xabar va bunga doir fotosuratlar tarqalib bormoqda.

 

Suratlarda tumshug‘i qonga belangan ayiq hamda tanasi ikkiga bo‘lingan odam jasadi tasvirlangan bo‘lib, foydalanuvchilar bir-birlariga suratdagi odam Chorvoq yo‘lida ayiqning qurboniga aylangani, shu sababli yo‘lda tirbandlik yuzaga kelganini ma’lum qilgan.

Foto: Telegram

 

Foto: Telegram

Qiziqarlisi, Rossiya Uzoq Sharqi haqida xabarlar beruvchi “Vostok-Media” axborot agentligi xuddi shu suratlar haqida axborot tayyorlab, Rossiyaning Primorye o‘lkasida WhatsApp messenjeri orqali aynan shunday xabarlar tarqalayotganini ma’lum qilgan. Voqea joyi sifatida ko‘plab variantlar tarqalib ketgan: kimdir Dalnegorsk, kimdir Vladivostok yaqinida, Sadgorod tumanida, yana birov Russkiy orolida ayiq hujum qilgani haqida ma’lum qilgan.

Foto: Telegram

Bundan tashqari, ushbu virus xabar nafaqat Primorye o‘lkasida, balki Uzoq Sharqning boshqa mintaqalariga — Xabarovsk o‘lkasi, Amur viloyati va Saxalinga ham tarqalgan bo‘lib, har bir hududda “voqea”ning o‘z rivoji to‘qilgan. Xabar ostiga izoh qoldirganlar ushbu suratlar Yakutiya, Tatariston va O‘zbekistongacha yetib kelganini ham ta’kidlagan.

Foto: Telegram

Bu dahshatli fotosuratlar O‘zbekistonda tushirilmaganligi bo‘yicha ochiq-oydin faktni yana bir bora tasdiqlaydi. Qolaversa, Rossiyaning o‘zida ham tasvirlar qachon va qayerda olingani ma’lum emas. Eng ko‘p tarqalgan versiyalarga ko‘ra ular 2011-yilda Qorachoy-Cherkasiyada yoki 2014-yilda Kamchatkada olingan.

Всего комментариев: 0
avatar