Главная » 2016 » Январь » 24

Davos forumini qo‘riqlayotgan askarlar narkotik qabul qilgani fosh etildi


  • voydodaxek
  • 24 Янв 2016(02:21)
  • 388
  • 0

Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumida xavfsizlikni ta’minlashga safarbar etilgan shveysariyalik askarlardan bir guruhi narkotik qabul qilgani fosh etildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.

Gap 12 nafar askar haqida ketmoqda. Ulardan yetti nafari nasha, besh nafari esa kokain iste’mol qilgani aytilmoqda. Mamlakat armiyasi matbuot kotibi Shtefan Xofer mazkur ma’lumotni tasdiqladi. U nasha chekkanlar 10 kunga hibsga olinishi va 490 dollar atrofida jarima to‘lashi, kokainga ruju qo‘yganlar esa armiyadan ketkazilishi va ularga nisbatan ayblovlar fuqarolik sudiga yuborilishini ma’lum qildi.

Всего комментариев: 0
avatar