Главная » 2015 » Июль » 29

Denis Istomin Gshtad turnirining juftliklar bahsini g‘alaba bilan boshladi


  • Admin
  • 29 Июл 2015(18:59)
  • 412
  • 0

Shveysariyaning Gshtad shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 494 310 yevroni tashkil etuvchi turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Denis Istomin ham ishtirok etyapti, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.

 

28-iyul kuni O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi turnirning juftliklar musobaqasi ilk davrasida kortga chiqdi. Belaruslik Aleksandr Buriy bilan tandem hosil qilgan Istomin polshalik Mariush Fristenberg hamda meksikalik Santyago Gonsales juftligidan 6:3, 7:6 hisobida ustun keldi.

Eslatib o‘tamiz, Denis yakkalikning birinchi davrasida saralash musobaqasi g‘oliblaridan biri fransiyalik Maksim Teysherani 6:0, 6:4 hisobida taslim etgandi.

 

 

 
Всего комментариев: 0
avatar