Главная » 2015 » Ноябрь » 17

Deniyel Redkliff Garri Potter rolini o‘ynashdan bosh tortdi


  • Admin
  • 17 Ноя 2015(08:35)
  • 603
  • 0
Britaniyalik aktyor Deniyel Redkliff Metro nashriga bergan intervyusida bironta filmda Garri Potter rolini boshqa o‘ynamoqchi emasligini ta’kidladi. Shu bilan birga, uning aytishicha, kinoseriyalar tugaganiga qaramay, sehrgar haqida boshqa filmlar paydo bo‘lishi mumkin.

“Menga bu rolni yana taklif qilishdi, biroq men ‘yo‘q’ deb javob berdim, chunki men tomonimdan barchasi bajarildi. Lekin bu obrazda boshqa biror kimni ko‘rish menga g‘alati tuyuladi”, — dedi aktyor.

Garri Potter haqidagi filmlar ketma-ketligi Joan Rouling romanlariga asoslangan sakkizta filmdan iborat, ularning oxirgisi 2011-yilda chiqarilgan.
Всего комментариев: 0
avatar