Главная » 2016 » Март » 16

Di Kaprio Yoqutistondan “xalq Oskari”ni oldi


  • News
  • 16 Мар 2016(19:06)
  • 359
  • 0
Amerikalik aktyor, yaqinda “Oskar”ga ega bo‘lgan Leonardo Di Kaprio Yoqutistonda boshlangan aksiya doirasida “xalq Oskari” bilan taqdirlandi.

Yoqutistonlik bir guruh kino ishqibozlari Di Kaprioni o‘ziga xos “xalq Oskari” bilan mukofotlashga qaror qilib, haykalcha yasash uchun kumush to‘play boshlagan edi. Statuetkada aks etgan inson osmonga qarab turgan, choroon marosim idishini qo‘lida tutib turgan yoqut kishisi ramzidir. Faollar uni yasash uchun 1,4 kilogramm kumush va haykalcha ustidan yuritish uchun oltin to‘play oldi. Haykalcha “Yulduzlar bilan suhbatdosh” deb nomlandi.

“Statuetka o‘tgan hafta Mayamida edi. Di Kaprio u yerga kela olmagani bois u Los-Anjelesga yuborildi va manziliga yetib bordi. Rossiya va AQSh matbuoti, butun respublika singari, uning shu statuetka bilan chiqishini intiq bo‘lib kutmoqda. Lekin u javob bera olmasligi yoki turli sabablarga ko‘ra buni istamasligi mumkin. Harqalay, biz haykalcha Di Kaprioda ekanligini aniq bilamiz va bu bizni quvontiradi”, — deb ma’lum qildi Yegorova Facebook’dagi sahifasi orqali.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar